Veterinar qasamyodi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2025-07-09 10:10:00 / Yangiliklar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 2025-yil bitiruvchi talabalari uchun “Bitiruvchilar kechasi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda bitiruvchi talabalarni universitet rektori, professor Xudoynazar Yunusov muborakbod etib, qo‘mita raisi Bahrom Norqobilovning tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yilning eng faol bitiruvchi talabalariga qo‘mita raisining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Anjuman yakunida bitiruvchi talabalarga tantanali ravishda diplom topshirish va "Veterinar qasamyodi" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.





