Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “ Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi
2025-07-07 10:10:00 / Tender va e’lonlar
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “ Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi
Sut mahsulotlari qiymati zanjiri / Agrobiznes mutaxassisi ishga qabul qilish
Vazifalar
- -ovqat sektori samaradorligini oshirish, sut mahsulotlari sifatini yaxshilash, bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror agrobiznesni rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda texnik, tahliliy va muvofiqlashtiruvchi yordam ko‘rsatish.
Malaka va tajriba
- Agronomiya, agroiqtisodiyot, agrobiznes, veterinariya, chorvachilik, oziq-ovqat texnologiyasi yoki tegishli sohalarda oliy ma’lumotli bo'lishi kerak;
- Agrobiznes, veterinariya, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati yoki agroloyihalarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak (sut mahsulotlariga eʼtibor qaratilishi afzalroq);
- Qishloqni barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi yoki qishloq xo‘jaligi sektorini o‘zgartirishga qaratilgan Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti, Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi va boshqalar o‘z ichiga olgan xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak;
- Veterinariya, chorvachilik, oziq-ovqat xavfsizligi, biznes va moliyaviy menejment, sifat standartlari va logistika sohasida kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo'lishi kerak;
- Ma'lumotlarni tahlil qilish, hisobot yozish va taqdimot tayyorlash bo'yicha mukammal ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak;
- Ko'p tarmoqli muhitda ishlash va turli manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak;
- O‘zbek va/yoki rus tillarini bilish. Ingliz tilini yaxshi bilish shart.
Ish haqi
- Loyiha menejerining oylik ish haqi 1 100 AQSh dollarini (jamgʻarma soligʻini hisobga olgan holda) tashkil etadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun murojaat qilish
Qiziqish bildirgan shaxslar quyida koʻrsatilgan manzilda dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti boʻyicha) maʼlumot olishlari mumkin.
Nomzodlarning rezyumelari 2025 yil 21 iyul soat 16:00 gacha quyida koʻrsatilgan manzilga taqdim etilishi kerak.
Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (XQXJ) ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi, 100022
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi koʻchasi, 22-uy
Telefon: (+998 97) 139 09 89
Elektron manzil: dvcdppiu@gmail.com
