Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “ Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi
2025-06-05 14:00:00 / Tender va e’lonlar
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “ Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi
“ Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasiga xaridlar bo’yicha mutaxassisi ishga qabul qilish
Vazifalar
Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi (IFAD) tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan va Toshkent shahrida joylashgan " Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasining Xaridlar bo’yicha mutaxassisi loyihani amalga oshirish jamoasiga qo'shiladi va IFAD protseduralari va qoidalariga muvofiq loyiha doirasidagi barcha xaridlar faoliyatini amalga oshirish uchun mas'ul bo'ladi. Xaridlar mutaxassisi hisobot tizimini joriy etish va boshqarish uchun mas'ul bo'lib, bu tizim loyiha menejeriga O'zbekiston Hukumati va IFAD uchun hisobotlar tayyorlash hamda audit tekshiruvlari uchun barcha xarid operatsiyalarini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Malaka va tajriba
Xaridlar bo’yicha mutaxassisi quyidagi malaka va tajribaga ega bo'lishi kerak:
• Iqtisodiyot, logistika, xaridlarni boshqarish yoki tegishli sohalarda oliy ma'lumot;
• Xaridlar sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi, afzal ko'rilgan holda xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, IFAD va boshqalar) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda ishlagan tajriba;
• Xalqaro xaridlar standartlari (masalan, FIDIC, IFAD yo'riqnomalari) bilimi;
• Tendir hujjatlari tayyorlash va shartnomalarni boshqarish tajribasi;
• Kompyuter savodxonligi (MS Office, elektron xarid tizimlari);
• O'zbek va/yoki rus tillarida erkin so'zlashish. Ingliz tilida ishlash va texnik terminlarni bilish talab etiladi.
Ish haqi
· Loyiha menejerining oylik ish haqi 1 100 AQSh dollarini (jamgʻarma soligʻini hisobga olgan holda) tashkil etadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun murojaat qilish
Qiziqish bildirgan shaxslar quyida koʻrsatilgan manzilda dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti boʻyicha) maʼlumot olishlari mumkin.
Nomzodlarning rezyumelari 2025 yil 19 iyun soat 16:00 gacha quyida koʻrsatilgan manzilga taqdim etilishi kerak.
Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (XQXJ) ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi, 100022
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi koʻchasi, 22-uy
Telefon: (+998 97) 139 09 89
Elektron manzil: dvcdppiu@gmail.com
