Hurmatli abituriyentlar, aziz o‘quvchilar!
2025-05-29 10:50:00 / Yangiliklar
Agar siz veterinariya va chorvachilik sohasiga qiziqsangiz yoki mazkur sohalarda ilmiy faoliyat yuritmoqchi bo‘lsangiz Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ushbu rejalaringizni amalga oshirishdagi muhim maskan hisoblanadi.
Universitetdagi eng zamonaviy labaratoriya jihozlari, veterinariya klinikasi, tajribalar o‘tkazishga mo‘ljallangan vivariy nazariy bilimlaringizni amaliyot bilan uyg‘unlashishiga xizmat qiladi!
