Mahsuldorlikni oshirishga doir tavsiyalar berildi.
2025-05-15 11:50:00 / Yangiliklar

Veterinariya va chorvachilik sohasida amaliyot va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Samarqand veterinariya ilmiy tadqiqot instituti professor o‘qituvchilari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda chorvachilik tarmog‘ida zamonaviy yondashuvlar, hayvonlar salomatligini saqlashda profilaktika va diagnostika usullari, emlash jarayonlarini takomillashtirish hamda mahsuldorlikni oshirishga oid tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ilmiy-nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.



