Yapon grantlarini jalb qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
2025-04-25 09:40:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi rahbari o‘rinbosari Yuka Sonoyama o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, grant dasturlari masshtabini kengaytirish, shuningdek chorvachilik va uning tarmoqlariga yapon innovatsiyalarini jalb qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
Shuningdek, qiymati 152 million AQSH dollariga teng "Chorvachilikni rivojlantirish va hayvonlar salomatligini yaxshilash" loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.



