O‘rdak tuxumlarining inkubatsiyalanish jarayonlari monitoring qilindi
2025-04-17 10:35:00 / Yangiliklar

Namanganda chorvachilik subyektlarini naslchilik toifasiga o‘tkazish, soha rivojidagi qaror va yaratilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyati xususida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda naslchilik toifasiga o‘tkazishdagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Bazi kamchiliklar shu yerning o‘zida bartaraf etildi. Qolgan chorvachilik xo‘jaliklarini belgilangan muddatda naslchilik toifasiga o‘tkazish bo‘yicha alohida masʼullar biriktirildi.
Shuningdek, Mingbuloq tumanidagi “Gulchehra Ozodbek Abdumutal” parrandachilik korxonasida inkubatsiyaga qo‘yilgan naslli o‘rdak tuxumlarining inkubatsiyalanish jarayonlari monitoring qilindi.


