Naslchilik toifasiga o‘tkazishga masʼullar biriktirildi.
2025-04-11 10:35:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatida chorvachilik subyektlarini naslchilik toifasiga o‘tkazish, soha rivojidagi qaror va yaratilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyati xususida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda naslchilik toifasiga o‘tkazishdagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Bazi kamchiliklar shu yerning o‘zida bartaraf etildi. Qolgan chorvachilik xo‘jaliklarini belgilangan muddatda naslchilik toifasiga o‘tkazish bo‘yicha alohida masʼullar biriktirildi.
Shuningdek Ohangaron tumanidagi “Ohang Xolto‘rayev Sardor” fermer xo‘jaligida Angor zotli echkilarni hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutining Ohangaron bo‘limi o‘quv-tajriba xo‘jaligida mayin va yarim mayin jun beruvchi, go‘shtdor-serjun qo‘ylarni parvarishlash va oziqlantirish jarayonlari monitoring qilindi.



