Xo‘jaliklar maxsus ishlovdan o‘tkazilmoqda
2025-04-10 11:25:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston respublikasining olis hududlarida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish, odamlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida chorvachilik majmualarila veterinariya mutaxassislari tomonidan dezinseksiya ishlari olib borilmoqda.
Kasallikning kelib chiqishi va uning tarqalish xavfini kamaytirish tadbirlariga maxsus texnikalar jalb etilib, qisqa vaqt ichida barcha xo‘jaliklarni maxsus ishlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan fermer va hayvon egalari uchun targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda.



