Hayvonlar o‘latini jilovlashda muhim ko‘mak
2025-04-10 10:15:00 / Yangiliklar

Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining “Mayda shoxli hayvonlar o‘lati epidemiologik holatini o‘rganish” loyihasi doirasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga laboratoriya materiallari va diagnostika reagentlari topshirildi.
Mayda shoxli hayvonlar o‘lati ushoqmolning yuqumli kasalligi bo‘lib, chorvachilikda salbiy oqibatlarga olib keladi. Kasallikka qarshi kurashishda erta diagnostika va samarali epidemiologik nazorat juda katta ahamiyatga ega.
Topshirilgan materiallar virusga qarshi antitelalarni aniqlovchi zamonaviy uskunalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, veterinariya mutaxassislari va fermerlarga mazkur kasallikning belgilarini aniqlash, oldini olish choralari va uning profilaktikasi xususida tushunchalar berildi.
Sir emas, har qanday kasallikning ehtimoliy tarqalishiga tayyorgarlikni kuchaytirish va tezkor profilaktika tadbirlari epizzotik barqarorlikni taʼminlaydi.
