E'LON
2024-10-09 12:20:00 / Tender va e’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 iyundagi “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-son qaroriga asosan joriy yil yakuniga qadar parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlashtirish, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish va kuzatuv mezonlari nazarda tutilgan elektron axborot dasturi loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan elektron axborot dasturi loyihasining axborot tizimini yaratish bo‘yicha Konsepsiya va Texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlashtirish, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish axborot tizimini yaratish bo‘yicha Konsepsiya va Texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinayotganini ma’lum qilamiz.
Tijorat takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2024 yil 20 oktyabr, soat 18:00 gacha.
Aloqa:
O‘zbekiston Respublikasi, 1000123
Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21-A
Tel.: (+99871) 202-12-00 (401)
Tel./faks: (+99871) 271-64-26
E-mail: poultryindustry@inbox.ru
