CHORVACHILIK SEKTORINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI (2-BOSQICH) XMK VA JTB ISHTIROKIDA
2024-11-20 09:50:00 / Tender va e’lonlar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
CHORVACHILIK SEKTORINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI (2-BOSQICH) XMK VA JTB ISHTIROKIDA
Qarz № 7295-UZ
QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO‘ROV
"Vaksinalar uchun sovuq zanjirni yaratish: mavjud sovutgich uskunalarini ko‘rib chiqish va texnik talablarni ishlab chiqish" bo‘yicha milliy individual maslahatchi xizmatlari
(SLSDP/IC/04)
Chorvachilik jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi va uning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘lib, bu mamlakat va uning hududlarida oziq-ovqat va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga ta’sir qiladi. Shuningdek, mazkur sohaning qator boshqa vazifalari ham mavjud bo‘lib, ular qatoriga atrof-muhit sifatini saqlash, aholi bandligini ta’minlash va qishloq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kiradi.
Loyiha maqsadi – Oʻzbekistonda mahsuldor, bozorga yoʻnaltirilgan, barqaror va inklyuziv chorvachilik sektorini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash.
Loyiha chorvachilik sektorini transformatsiya qilish, chorvachilikning barqaror tizimlarini yaratish va ularni hayvoniy mahsulotlarga bo‘lgan ortib borayotgan talab hamda iqlimiy xavflarga moslashuvchan qilishga qaratilgan.
Loyiha doirasida quyidagi komponentlar amalga oshiriladi:
-
1-komponent: "Chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini kuchaytirish";
-
2-komponent: "Bozor infratuzilmasini va qiymat zanjirini mustahkamlash, savdoni yengillashtirish";
-
3-komponent: "‘Yashil’ va iqlimga moslashuvchan chorvachilik qiymat zanjirlari";
-
4-komponent: "Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish".
Loyiha 2023-2028 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar uchun minimal talablar:
Maslahatchi quyidagi minimal talablarni bajarishi lozim:
-
Texnik va/yoki muhandislik sohasida magistr darajasiga ega bo‘lish;
-
Respublika miqyosida sovutgich uskunalari va vaksinalar uchun sovuq zanjir sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
-
Oxirgi 3 yil ichida xalqaro tashkilotlar ishtirokida sovuq zanjir yo‘nalishida kamida bitta loyihada qatnashgan bo‘lish;
-
Chet el davlatlarida sovuq zanjir bo‘yicha ish tajribasi mavjud bo‘lishi ma’qul;
-
O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi.
Maslahatchi Jahon bankining xaridlar bo‘yicha qo‘llanmasiga muvofiq, individual maslahatchi tanlash tartiblariga asosan saralab olinadi.
Qiziquvchi nomzodlar qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzil orqali dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti) olishlari mumkin.
Qiziquvchilar o‘z arizalarini 2024-yil 5-dekabr kuni soat 16:00 gacha quyidagi manzilga taqdim etishlari lozim.
"Chorvachilik sektorini rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasini amalga oshirish guruhi, XMK va JTB ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi, 100022
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 22, 3-qavat (Xaridlar bo‘limi)
Tel: (+998 97) 155 50 54; (+998 90) 940 55 12
Email: slsdp.procurement@gmail.com
