Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlash, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini tahlil qilish axborot tizimini yaratish bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinishini ma’lum qilamiz
2024-12-13 09:15:00 / Tender va e’lonlar
E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2024 yil 27 iyundagi “Parrandachilik sohasini yana-da qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-238-son qaroriga asoslanib, joriy yil yakuniga qadar Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlash, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini tahlil qilish va kuzatuv mezonlari nazarda tutilgan elektron axborot dasturi loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan elektron axborot dasturi loyihasining axborot tizimini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yuqaridagilardan kelib chiqib, Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlash, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini tahlil qilish axborot tizimini yaratish bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Tijorat takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2024 yil 23 dekabr soat 18:00gacha.
O'zbekiston Respublikasi 1000123,
Toshkent shahri, kichik halqa yo'li ko'chasi, 21-A
Tel.: (+99871) 202-12-00 (401)
Tel./fax: (+99871) 271-64-26
Email: poultryindustry@inbox.ru
