VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI RAISINING YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI!
2024-12-31 09:10:00 / Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar!
Ayni paytda yurtimizda Yangi yil shukuhi kezmoqda.
O‘tayotgan yil mamlakatimiz tarixiga iqtisodiyot, sanoat, ishlab chiqarish sohalaridagi muhim o‘zgarishlar bilan muhrlanadigan bo‘ldi. Aholi farovonligini taʼminlaydigan ushbu drayver sohalarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yirik loyihalar, istiqbolli rejalar ishga tushirildi.
Jamiyatning turli jabhalariga tatbiq etilayotgan islohotlar aslida inson taqdiriga daxldorlik, odamlarning hayot tarzini yaxshilashga bo‘lgan o‘zgacha yondashuvlar bilan ahamiyatli.
Ayni paytda veterinariya va chorvachilik tarmoqlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Bu esa Davlatimiz rahbarining veterinariya va chorvachilik sohalariga katta eʼtibor qaratayotganligining yaqqol dalilidir.
Qadrli vatandoshlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizni, jumladan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha veterinar va chorvadorlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yilning qutlug‘ shodiyonasi bilan samimiy qutlayman.
Kirib kelayotgan 2025 yil barchamiz uchun fayzli va barakotli kelsin!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu-saodat, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bahrom NORQOBILOV,
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qo‘mitasi raisi.
