Embrion transplantatsiyasi-naslchilik sohasidagi yangi bosqich.
2024-07-22 10:35:00 / Yangiliklar

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti 2018-yildan boshlab Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi KOPIA markazi bilan hamkorlikda chorvachilik sohasida amaliy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda qoramolchilik naslchilik va seleksiya ishlarini takomillashtarish borasida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2023-yilda AQSH va Janubiy Koreyadan Golshtin zotli yuqori mahsuldor sigirlardan olingan embrionlar olib kelinib, 3 ta qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida transplantatsiya amaliyoti bajarildi.
Embrion transplantatsiyasi O‘zbekiston chorvachiligida muhim yangiliklardan bo‘ldi. Ushbu jarayonga sohadagi mutaxasislar va chorvadorlar ulkan qiziqish bildiribgina qolmasdan KOPIA markazi bilan tashkillashtirilgan seminarlarda faol ishtirok etdilar.
Embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan sigirlarning 50% qismida ijobiy natijaga erishildi.
Bugungi kunda embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan sigirlardan Toshkenet viloyati Chinoz tumanidagi “Dil Giyo Fayz Baraka” fermer xo‘jaligida 1 ta hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “Kim Pen Xva” fermer xo‘jaligida 3 ta sog‘lom buzoqlar olindi.
Embrin transplantatsiyasi amaliyoti O‘zbekiston chorvachiligida naslchilik ishlarini jadallashtirishga va yuqori maxsuldor sigirlarning podalarini yaratishga hamda genetikasini yaxshilashga xizmat qiladi.
