PARRANDA INVESTMENT MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
2026-08-07 12:50:00 / Tender va e’lonlar
PARRANDA INVESTMENT
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
O‘zbekiston Respublikasi
100123, Toshkent shahri,
Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21-A
Tel.: (+99891) 635-81-88
e-mail: parrandainvestment@mail.ru
Advokatlik firmalariga (yoki byurolarga)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi
“Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetika texnologiyalarini va kooperatsiya tizimini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–238-sonli qaroriga muvofiq, “Parrandasanoat” assotsiatsiyasi va ATB “Mikrokreditbank”ning quyidagi takliflari ma’qullandi:
Parrandachilik sohasida, jumladan, kooperatsiya tizimi asosida parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “tayyor biznes” loyihalarini (keyingi o‘rinlarda – “tayyor biznes” loyihalari) respublika hududida amalga oshirish;
“Parranda Investment” MChJ tomonidan “tayyor biznes” loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish. Ushbu jamiyatning ta’sischisi – “Parrandasanoat” assotsiatsiyasi hisoblanadi.
Shu bilan birga:
“Tayyor biznes” loyihalari bilan bog‘liq barcha xarajatlarni (loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va boshqalar) moliyalashtirish uchun kreditlar 14 foiz yillik stavkada, investitsiya loyihasi bosqichma-bosqich garovga qo‘yilishi sharti bilan ajratiladi;
Kredit qaytarilmasligi xavfini sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bundan tashqari, Prezidentning “2025-yilda aholini bandlik bilan ta’minlash va qashshoqlikni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Bandlik vazirligi, Veterinariya qo‘mitasi, “Parrandasanoat” assotsiatsiyasi va ATB “Mikrokreditbank”ning 2025–2026-yillarda “Parranda Investment” MChJ tomonidan Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda “tayyor biznes” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflari ma’qullangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parranda Investment” MChJ loyihalarini yuridik jihatdan hamrohlik qilish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun tijorat taklifini taqdim etishingiz zarur.
Shu munosabat bilan, “Parranda Investment” MChJ faoliyatini yuridik jihatdan qonuniy va to‘g‘ri hamrohlik qilish maqsadida, iltimos qilamizki, 10 kun ichida “Parranda Investment” MChJning elektron manziliga (parrandainvestment@mail.ru) yillik va oylik xizmatlar narxlari ko‘rsatilgan tijorat taklifingizni yuboring.
Yuridik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
To‘liq yuridik, shu jumladan, korporativ huquqiy hamrohlik: umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi va ijro organi qarorlariga oid hujjatlarni ishlab chiqish;
Barcha shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini tekshirish;
Boshqa tegishli yuridik xizmatlar.
Bunda advokatlik firmasi (yoki byuro) quyidagi talablarni bajargan bo‘lishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
Mazkur faoliyat bo‘yicha amal qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lishi;
Advokatlar palatasi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik holati mavjud bo‘lmasligi; firmaga nisbatan tugatish, bankrotlik yoki qayta tashkil etish jarayoni boshlanmagan bo‘lishi; mol-mulkiga arest solinmagan va iqtisodiy faoliyati to‘xtatilmagan bo‘lishi;
Kompaniyalarga yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi Qonunda ko‘zda tutilgan vijdonsiz yetkazib beruvchilar reyestrida ismi mavjud bo‘lmasligi.
Shuni ta’kidlash joizki, nomzodlarni tanlashda “Parranda Investment” MChJga ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlarning qiymatiga alohida e’tibor qaratiladi.
