Navoiydagi chorvachilik subyektlarida "Dolzarb 40 kunlik"
2026-07-30 15:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz bo‘ylab mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida Navoiy viloyatida ham chorvachilik subyektlarida obodonlashtirish tadbirlari izchil davom etmoqda.
Respublika tashkilotlari vakillari, hududiy Chorvachilik va yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘limlari hamda mahalliy hokimlik vakillari ishtirokida mazkur obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida:
Navbahor tumanidagi “Baxar milk” MCHJda hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, tozalash hamda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi.
Xatirchi tumanidagi “Sherali-Bobir-2008” fermer xo‘jaligida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Xatirchi tumanidagi “Ittifoq” fermer xo‘jaligida ham hududni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.





