Samarqand viloyati chorvachilik subyektlarida "Dolzarb 40 kunlik"
2026-07-29 11:00:00 / Yangiliklar

Respublika bo‘ylab barcha mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand viloyatida respublika tashkilotlari vakillari, hududiy Chorvachilik va yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘limlari hamda mahalliy hokimlik vakillari hamkorligida mazkur loyiha doirasida chorvachilik subyektlarida olib borilayotgan ishlar, xususan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
Xususan, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Samarqand viloyati, Samarqand tumanida joylashgan “CHORVA SUT SERVIS” fermer xo‘jaligi hamda “NASLLI CHORVA IMPORT” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli chorvachilik kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida hududlarda chorvachilikni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, bino-inshootlarni qishloq mavsumiga namunali tayyorlash, ozuqa jamg‘arish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.






