Broiler parrandalarini yetishtirish uchun texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va ularning rasmiy dilerlariga
2026-07-04 09:00:00 / Tender va e’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son hamda 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qarorlariga muvofiq, "Parranda Investment" MChJ Toshkent viloyati Bekobod tumanida "Tayyor biznes" loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, "Parranda Investment" MChJga yuridik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya tomonidan yiliga 1 million bosh broyler parranda yetishtirish quvvatiga ega texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriq ishlab chiqilgan.
Mazkur texnologik uskunalarni yetkazib berishning boshlang‘ich qiymati 697 900 AQSh dollarini tashkil etadi.
Tijorat takliflari xarid hujjatlari va texnik topshiriq talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishi hamda uskunalarni yetkazib berish qiymati kamayish tartibida ko‘rib chiqiladi.
Tanlov tashkilotchisi — "Parranda Investment" MChJ.
Tijorat takliflaringizni "Parranda Investment" MChJning rasmiy elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz: parrandainvestment@mail.ru.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizni eng maqbul tijorat taklifini tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz hamda xarid hujjatlari va texnik topshiriq talablariga muvofiq tayyorlangan tijorat taklifingizni 30 kalendar kuni ichida, ya'ni 2026-yil 3-avgustgacha, taqdim etishingizni so‘raymiz.
"Parranda Investment" MChJ
Kuzatuv kengashi raisi. U. Axmedov
