Chorvachilik sohasida Mo‘g‘iliston bilan hamkorlik davom etadi
2026-05-19 17:05:00 / Yangiliklar

🔵 Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev Mo‘g‘ulistonning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daadankhuu Batbaatar bilan uchrashdi.
🟢 Muloqot davomida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida chorvachilik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan,
🩷 Mo‘g‘ulistondan import qilingan 104 ming bosh Bayat zotli qo‘ylarning mamlakatimiz iqlimiga muvaffaqiyatli moslashgani, shuningdek, mahalliy zotlar bilan seleksiya qilinishi natijasida yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.
🟡 Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yanada kengaytirish jumladan joriy yilda ham Bayat qo‘ylarini olib kelish masalalari muhokama qilindi.



