“XOTIRA – MUQADDAS, QADR – ABADIY” mavzusida ma’rifiy soat tashkil etildi
2026-05-08 16:35:00 / Yangiliklar

⏺ 2026-yil 8-may kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida “XOTIRA – MUQADDAS, QADR – ABADIY” mavzusida ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
⏺ Tadbirda, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadri, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati hamda faxriylarni e’zozlash xalqimizning azaliy qadriyati ekani haqida fikrlar bildirildi.
⏺ Ma’rifiy uchrashuv qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Djabbarov boshchiligida hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘raev ishtirokida tashkil etildi.
🗄 Tadbir davomida xotira va qadrlash tushunchalari insoniylik, vatanparvarlik va ajdodlarga hurmat timsoli ekani, bugungi tinch va farovon hayotimiz zamirida katta fidoyilik va jasorat mujassamligi alohida ta’kidlandi.
🇺🇿 Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, keng ko‘lamli islohotlar hamda tinchlikni asrab-avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etildi.





