“Qo‘mita kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlari
2026-05-04 10:10:00 / Yangiliklar

🗄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek xodimlar salomatligini mustahkamlash va jamoalarda sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mini futbol bo‘yicha “Qo‘mita kubogi” musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqa davomida Qo‘mita markaziy apparati hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari va muassasalari xodimlaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport mahorati, jamoaviylik va hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar.
🏆 Musobaqa natijalari:
🥇 1-o‘rin — Sirdaryo Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Namangan viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi
🏅 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirok etgan sportchilar Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Jabborov tomonidan faxriy diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.






