Yaylov ekinlarining vegetatsiya jarayonlari monitoring qilinmoqda
2026-05-04 10:10:00 / Yangiliklar

😄 Qo‘mita huzuridagi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ayni paytda yaylov ekinchiligi, xususan xorijdan keltirilgan yangi urug‘larning vegetatsiya jarayonlari monitoring qilinmoqda.
😎 Masalan, institutning «Yaylovlar monitoringi» bo‘limi mudiri Botir Bekchanov Navoiy viloyati Nurota tumani adir yaylovlarining geobotanik va fitotsenologik holatini monitoring qilish va bahorda yaylovlarning hosildorligini aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.



