2026-yilda 161 ta sug‘orish quduqlarini barpo etish bo‘yicha TANLOV e’lon qilinadi
2026-04-30 16:10:00 / Tender va e’lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 542-son (XDFU) Farmoyishda Markaziy bankning sof foydasi mablag‘larni yo‘naltirish hisobidan 2026-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 32 ta, Buxoro viloyatida 31 ta, Qashqadaryoda 28 ta va Navoiyda 70 ta jami 161 ta sug‘orish inshootlarini (quduqlarni) yaylovlarida barpo etish belgilangan.
Farmoyish ijrosini ta’minlash yuzasidan 161 ta sug‘orish inshootlarini (quduqlarni) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilib, pudratchilarni aniqlash va quduqlarni qazish tadbirlarini boshlash maqsadida
TANLOV
Mazkur sug‘orish inshootlarini (quduqlarni) loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish, sifatli va o‘z vaqtida qazish uchun istagini bildirgan tanlov ishtirokchilar Ko‘p yillik tajriba va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan salohiyatli pudratchilar, moddiy texnik bazaga ega bo‘lgan salohiyatli tashkilot va korxonalar ishtirok yetishi mumkin.
Tanlov ishtirokchilarini quyidagi ko‘rsatkichlariga qarab Ko‘p yillik tajriba va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan salohiyatli pudratchilarni eng yaxshilarini tanlab olinadi
1. Pudratchi tashkilotning 3-yillik buxgalterlik balansi va moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobotlari.
2. Soliq idorasidan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
3. Tijorat banklardan kartoteka-2 mavjud emasligi bo‘yicha ma’lumot.
4. Tashkilotga tegishli (balansida bo‘lgan) burg‘ilash texnikalar soni va texnik holati.
5. Malakali mutaxassislar darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma (pasport va tegishli mutaxassislik diplom kopiyalari).
6. Burg‘ilash ishlarini olib borishga ruxsatnomani nusxasi.
7. Tashkilotning oxirgi 3-yillik bank aylanma mablag‘lari bo‘yicha ma’lumot.
8. Har bir hudud bo‘yicha shu viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar ishtirok etadi.
9. Takliflar 2026-yilning 7-may 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Takliflar quyidagi manzillarga yuborilsin:
Navoiy viloyati: Navoiy viloyati hududiy yaylov xo‘jaligi boshqarmasiga, Konimex tumani Abay ko‘chasi № 9-uy. Tel: 93 312 16-66.
Buxoro viloyati: Buxoro viloyati hududiy yaylov xo‘jaligi boshqarmasiga, Kogon shahri Chorbog‘ ko‘chasi 1 uy. Tel: 99 683-40-17.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy yaylov xo‘jaligi boshqarmasiga, Nukus shahri Chimboy guzari 123 V uy. Tel: 93 775-77-76.
Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryo viloyat hududiy yaylov xo‘jaligi boshqarmasiga, Qarshi shahar yangi turmish MFY Xonabod ko‘cha 18 uy
. Tel: 97 200-33-20.
IZOH: Barcha ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda, korxona rahbari, bosh hisobchi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlab taqdim qilinadi.
