Hurmatli veterinariya sohasi xodimlari!
2026-04-24 14:45:00 / Yangiliklar

Sizlarni har yili aprel oyining oxirgi shanbasida nishonlanadigan "Xalqaro veterinariya kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Mazkur sana 2000 yildan boshlab Xalqaro veterinariya assotsiatsiyasi hamda Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti tashabbusi bilan joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda veterinariya sohasi vakillarining fidokorona mehnatiga yuksak ehtirom ifodasi sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Veterinariya xizmati — jamiyat salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega soha hisoblanadi. Sizlar epizootik barqarorlikni ta’minlash, hayvonlarni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish, profilaktika va davolash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali aholi farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqdasizlar.
Ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi xizmatlaringiz tahsinga sazovor. Sizlarning har bir sa’y-harakatingiz ortida inson salomatligi, xalq farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti mujassam.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bahrom NORQOBILOV, Ohangaron tumani hokimi.
