Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga
2026-04-20 09:25:00 / Tender va e’lonlar
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan respublikada epizootiyalarga qarshi kurashish ishlarini samarali olib borish maqsadida, jahon standartlariga mos diagnostikumlar xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Bradzot kasalligiga qarshi emlama dorivor shakl: inyeksiya qilish uchun suspenziya (faolsizlantirilgan emlama). Emlama tarkibi formalin bilan faolsizlantirilgan to‘qimali shtammlari Clostridium septicum, Sl. Oedematiens, Sl.perferings V, C va D tipdagi gidrat alyumin oksidi qo‘shilgan ad’vantdan iborat.
Emlama flakonlari butunligi ta’minlash uchun karton qutilarga ajratilgan qismlardan iborat holda qadoqlangan, har bir qutida emlamani qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnoma joylashtirilgan bo‘lishi shart.
Bir doza emlama tarkibi quyidagi faolsizlantirilganga qadar C. septicum kamida 8 mlrd to‘qima hujayra, C. oedematiens 400 dlm.kam bo‘lmagan, Sl.perferings V.S.D tiplari 900 dlm.dan kam bo‘lmagan to‘qima shtammidan iborat bo‘lishi kerak.
Ommaviy foydalanish uchun preparate flakon yoki ampulalarda berilishi kerak. Har bir preparate 20 dozadan ko‘p bo‘lmasligi, quruq, qorong‘I joylarda +2 grad. Cdan +8 grad. C haroratda saqlanishi va muzlamagan bo‘lishi kerak.
1. Брадзот касаллигига қарши эмланма
Shuni inobatga olgan holda 3 (uch) kun ichida Sizdan narx va texnik takliflarni Davlat xaridlarining elektron portal(Auksion) tizimiga joylashtirish uchun berishingizni so‘raymiz.
Bradzot tijorat taklifi
