Germaniya va Avstriya bilan chorvachilik sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-04-20 15:15:00 / Yangiliklar

⏺Davlatimiz rahbarining “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘mita raisi o‘rinbosari Faxriddin Boboyev boshchiligidagi ishchi guruh Germaniya va Avstriya davlatlarida xizmat safarida bo‘ldi.
⏺ Safar davomida Germaniyaning “John Deere”, Avstriyaning Qishloq xo‘jaligi klasterlari assotsiatsiyasi, “Rinderzucht Austria”, “Genetic Austria”, “Fleckvieh Austria” kabi yetakchi kompaniya va ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.
⏺ Muloqot chog‘ida chorvachilik, naslchilik, ozuqa ishlab chiqarish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, hayvonotga mansub mahsulotlar savdosini rivojlantirish hamda mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
⏺ Jumladan “John Deere” va “Pottinger” kompaniyalari bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini joriy etish, servis infratuzilmasini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. “O‘zagrolizing” AJ va “John Deere Financial” kompaniyasi o‘rtasida 10 mln yevro miqdoridagi moliyalashtirish liniyasini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.





