🌎 Xalqaro muloqot amaliy ishlar samaradorligini ta’minlaydi
2026-04-17 16:50:00 / Yangiliklar

✅ Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda Birlashgan millatlar tashkiloti va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamkorligida “2026-yil – Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili” munosabati bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Ta’kidlash kerak, “Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili”ning maqsadlaridan biri chorvachilik yerlarini barqaror boshqarishni yaxshilash uchun siyosiy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishdir.
✅ Xalqaro anjumanga tayyorgarlik davomida qo‘mita tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2025-yili respublika bo‘ylab barcha yaylovlar xatlovdan o‘tkazildi. Yaylovlar holatiga aniqlik kiritildi. Ayni vaqtda yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🟥 Shuningdek, sohaga oid muammolar va takliflarni muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot ham o‘tkazildi.





