📍 “Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili”ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi
2026-04-17 16:45:00 / Yangiliklar

⏺Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamkorligida “2026-yil – Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili” munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.
⏺Seminarda Birlashgan millatlar tashkilotining Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikdagi grant loyihalari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.
⏺Takidlash kerak, 2026-yilning “Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili” deb e’lon qilinishi yaylovlar va chorvadorlarning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, chorvachilik sohasidagi faol investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay imkoniyat yaratdi.
⏺Bunda, albatta, chorvadorlarning yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlaydigan an’anaviy va inklyuziv boshqaruv shakli rivojlantiriladi.
⏺ Shu bilan birga, mutaxassislar, fermerlar va soha vakillari ishtirokida ochiq muloqot ham tashkil etilib, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.



