Xorazm viloyatida qo‘shma nazorat tadbiri o‘tkazildi
2026-04-13 11:50:00 / Yangiliklar

⏺ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Xorazm viloyatida qo‘shma nazorat tadbirlari tashkil etildi.
⏺ Tadbirlar davomida hududlardagi veterinariya-sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda epizootik vaziyatni barqaror saqlashga qaratilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, tizimli monitoring amalga oshirildi.
⏺ O‘rganish jarayonida mavjud holatlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, sohaga oid ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar ishlab chiqildi .
⏺ Mazkur nazorat tadbirlari hududda epizootik barqarorlikni ta’minlash, veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishini kuchaytirish hamda aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





