Qo‘shma nazorat tadbiri o‘tkazildi
2026-04-13 10:10:00 / Yangiliklar

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda IIB Jamoat tartibini saqlash xizmati Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi mutaxassislari ishtirokida qo‘shma nazorat tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida hududlardagi veterinariya-sanitariya jarayonlari nazorat qilinib, epizootik vaziyatni barqaror saqlashga qaratilgan ishlar monitoring qilindi.
✅ Mas’ullar tomonidan mavjud holat o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi hamda nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.






