Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbarlari diqqatiga!
2026-04-10 10:20:00 / Tender va e’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ishchi organ sifatida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi nomidan, 2026-yilda epizootiyaga qarshi tadbirlar uchun veterinariya preparatlarini xarid qilish bo‘yicha tender savdolarini e’lon qiladi.
Tender savdolarida xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar), jumladan kichik biznes subyektlari, belgilangan talablarga javob bergan taqdirda ishtirok etishlari mumkin.
1. Tender komissiyasining ishchi organi nomi va manzili:
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
100007, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 21A
Tel.: (+998-71) 202-12-00
Faks: (+998-71) 202-12-00
E-mail: moliya@vetgov.uz
2. Tender savdolarining predmeti:
Lot №7
Yirik shoxli qoramollarning yuqumli tugunli (nodulyar) dermatitiga qarshi madaniy, tirik, quruq virus vaktsinasi
O‘lchov birligi: ming doza
Miqdori: 10 500
Boshlang‘ich narx (1 ming doza uchun): 4 502 400 so‘m
Jami qiymati (QQS bilan): 47 275 200 000 so‘m
Taklifni ta’minlash summasi (kafolat): 1 418 256 000 so‘m
Jami: 47 275 200 000 so‘m
3. Tender savdolari o‘tkaziladigan joy:
Davlat xaridlari portali — etender.uzex.uz orqali elektron shaklda.
4. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan malaka talablari:
Tender doirasida ishtirokchilar malaka asosida saralab olinadi. Talablar quyidagilar:
- qayta tashkil etilish, tugatilish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik holatida bo‘lmasligi;
- soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
- malaka talablarini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishi;
- avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik holati mavjud bo‘lmasligi;
- insofsiz ijrochilar yagona reyestrida qayd etilmagan bo‘lishi;
- buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj jarayonlarida ishtirok etmayotgan bo‘lishi;
- offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan hamda offshor banklarda hisob raqamlariga ega bo‘lmasligi.
5. Yetkazib berish shartlari:
- Xorijiy yetkazib beruvchilar uchun: CIP Toshkent shahri (Incoterms-2020 ga muvofiq);
- Mahalliy yetkazib beruvchilar uchun: buyurtmachining omborigacha yetkazib berish.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga muvofiq, davlat xaridlarida takliflarni baholashda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga import mahsulotlariga nisbatan DDP (O‘zbekiston) narxining 15 foizigacha miqdorda preferensiya beriladi.
6. To‘lov shartlari, tender takliflarini rasmiylashtirish talablari, taklifni ta’minlash shakli va boshqa talablar tender hujjatlarida ko‘rsatilgan.
7. Tender takliflarini qabul qilish muddati:
2026-yil 21-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:11 gacha, etender.uzex.uz portali orqali elektron shaklda.
8. Mas’ul shaxs:
Imomov L.F. – Moliya va iqtisodiyot departamenti bosh mutaxassisi
Tel.: (+998-71) 202-12-00 (301)
Faks: (+998-71) 202-12-00
E-mail: moliya@vetgov.uz
