Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik davom etmoqda
2026-04-03 10:25:00 / Yangiliklar

✅ Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan o‘tgan yili Mo‘g‘ilistondan naslli qo‘y-echkilar olib kelingan edi.
✅ Samarqand viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zuhriddin Amonov boshchiligidagi ishchi guruh ayni paytda Mo‘g‘ilistonda bo‘lib, chorvachilik, yaylov xo‘jaligi va cho‘lbop ozuqa ekinlari urug‘chiligi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish masalalarini muhokama qilmoqda.



