Aholi xonadonlari va xo‘jaliklarda parvarish qilinayotgan qoramollar monitoring qilindi.
2026-04-03 10:25:00 / Yangiliklar

✅ Qo‘mita Ishchi guruhi va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti olimlari ishtirokida Romitan, Olot va Vobkent tumanlaridagi chorvachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parvarish qilinayotgan chorva mollari o‘rganildi.
✅ Shuningdek, viloyatdagi chorvachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, veterinariya xizmati xodimlari, sohaga aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda “Hayvonlar kasalliklarining kelib chiqishi, chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda chorva mollarini saqlash, belgilangan ratsion orqali oziqlantirish va parvarishlash” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


