Farg‘ona viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi faoliyati o‘rganildi.
2026-03-31 14:40:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi faoliyati o‘rganildi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Djabbarov hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.Ergashev markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Markazda ayni paytda 37 nafar malakali xodim 8 ta zamonaviy laboratoriya bo‘limida faoliyat yuritmoqda.
Ushbu markazda bakteriologik, parazitologik, radiologik, toksikologik, mikologik, serologik, IFA va PSR usullarida yuqori aniqlikda laboratoriya tekshiruvlari amalga oshiriladi.
Joriy yil davomida markaz tomonidan: — 610 ta bakteriologik — 10 562 ta parazitologik — 35 158 ta serologik
namunalar tahlil qilinib, aholi salomatligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Markaz faoliyati sohadagi muhim vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari bilan doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.





