Ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 11:45:00 / Yangiliklar

✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida qoramollar embrionini “in vitro” usulida tayyorlash va ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
✅ Seminarda qo‘mita huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi mutaxassislari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti olimlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
✅ Seminarda Naslchilik ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyati, naslchilik ishi va embrion yuvib olish, chuqur muzlatish hamda undan foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Amaliy jarayonlar markazning Qoraqalpog‘iston filiali laboratoriyasida davom etdi. Laboratoriya tekshiruvlarida yuvib olingan tuxum hujayralari hamda tayyorlangan embrionlar mikroskopda ko‘zdan kechirilib, tajribalar samaradorligi yuqori baholandi.





