Xitoy kompaniyasi mamlakatimizda ozuqa ishlab chiqaradi
2026-03-26 11:30:00 / Yangiliklar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi o‘rinbosari F. Boboyev hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Hefeng Food Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💛 Muloqot davomida, xorijiy kompaniya tomonidan yurtimizda ozuqa yetishtirish hamda ozuqa ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Ayni paytda kompaniya tomonidan mamlakatimiz ozuqa bozorini o‘rganish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.


