Parrandachilik xo‘jaliklari diqqatiga!
2026-03-24 10:55:00 / Tender va e’lonlar

Dunyoda kuzatilayotgan epizootik nobarqaror vaziyat tufayli mamlakatimizga parranda grippi kasalligi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi topshirig‘iga asosan Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda parranda grippi kasalligi bo‘yicha serologik monitoring ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar, xo‘jaligingizda monitoring tekshiruvlari qat’iy talablar asosida olib borilishini va ushbu jarayonda faol ishtirok etishlaringizni so‘raymiz!
