QIZIQISHNI IFODA ETISH BO‘YICHA SO‘ROV
2026-03-06 10:45:00 / Tender va e’lonlar
Individual maslahat beruvchi tanlovi (Individual Consultant Selection – ICS)
Davlat: O‘zbekiston Respublikasi
Loyiha: “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich”
Vazifa nomi: Yirik shoxli qoramollar orasida brusellyoz tarqalishini o‘rganish bo‘yicha maslahat xizmatlari
Shartnoma raqami: №DVCDP-II/CON/11
1. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich” loyihasini amalga oshirish uchun kredit mablag‘larini jab qilgan.
Ushbu mablag‘ning bir qismi Yirik shoxli qoramolllar orasida brusellyoz tarqalishini o‘rganish bo‘yicha maslahat xizmatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Vazifaning maqsadi – Yirik shoxli qoramollar brusellyozi bo‘yicha epizootik vaziyatni baholash, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiq kasallikni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Xizmatlar hajmi
Individual maslahat beruvchi, jumladan, O‘zbekistonning besh viloyatida (Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo) Yirik shoxli qoramollar brusellyozining tarqalishini o‘rganish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi – mavjud vaksinatsiya, testlash va so‘yish strategiyasini baholash, shuningdek, sut sektorida Yirik shoxli qoramollar brusellyozini bosqichma-bosqich yo‘q qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.
Batafsil Texnik Topshiriq (TT) quyidagi elektron manzilga yozma so‘rov orqali taqdim etiladi.
3. Tanlov usuli
Maslahat beruvchini tanlash IFAD xarid qo‘llanmasiga muvofiq: https://www.ifad.org/project-procurement Individual maslahat beruvchi tanlovi (ICS) metodikasi orqali amalga oshiriladi
4. Malaka talablari
Ta’lim:
• Veterinariya tibbiyoti yoki veterinariya sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumot.
Kasbiy tajriba:
• Veterinariya va/yoki hayvonlar infeksion kasalliklar epidemiologiyasi sohasida kamida 20 yillik professional tajriba;
• Hayvonlar infeksion kasalliklari tarqalishini o‘rganish bo‘yicha, xususan brusellyoz bo‘yicha, tasdiqlangan tajriba;
• Maydon va laboratoriya tadqiqotlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘yicha kamida 10 yillik tajriba;
• Sigirlar brusellyozi yoki boshqa zoonoz kasalliklar bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok tajribasi;
• Brusellyozni serologik diagnostika usullarini bilish (RBT, ELISA, CFT/SAT);
• Hayvonlar infeksion kasalliklarini nazorat qilish va yo‘q qilish bo‘yicha Jahon xayvonlarni sog‘ligini saqlash tashkiloti (WOAH) xalqaro standartlarini chuqur bilish;
• Davlat organlari va xalqaro donorlar uchun boshqaruv/davolash dasturlari bo‘yicha iqtisodiy modellashtirish va iqtisodiy asoslash tajribasi;
• Xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilgan kamida uchta veterinar loyihasida ishtirok tajribasi;
• O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qonunchiligi va “One Health” (Bir Sog‘liq) yondashuvini bilish.
Til bo‘yicha talablar:
• Rus va ingliz tillarida erkin ishbilarmonlik darajasi;
• O‘zbek tilini bilish afzallik hisoblanadi.
5. Qiziqish bildirishni topshirish
Qiziqqan maslahat beruvchilar quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
• Imzolangan qiziqish bildirish xati;
• Batafsil rezyume (CV);
• Diplomlar va sertifikatlar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
• Kamida uchta professional tavsiya beruvchining kontakt ma’lumotlari.
Qiziqish bildirishlari PDF formatida elektron tarzda 2026 yil 20 mart, soat 16:00 (Toshkent vaqti) ga qadar yuborilishi lozim.
Belgilangan muddatdan keyingi arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
6. Kontakt ma’lumotlari
Loyiha boshqaruv guruhi
“O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich” loyihasi
E’tibor: Sherzoda Rajametov, loyiha menejeri
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kushbegi ko‘chasi, 22
Tel.: +998 90 399 56 65
Email: procurement.dvcdp2@gmail.com
