Xitoyga parranda panjalari eksporti ruxsatnomalari takomillashtirildi
2026-03-06 17:25:00 / Yangiliklar

✅ Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati tomonidan inspeksiyadan o‘tkazilgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq singlewindow.uz elektron manzili orqali parranda panjalarini Xitoyga eksport qilishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
✅ Ma’lumot uchun: Xitoy Bojxona bosh ma’muriyati korxonani Reyestrga kiritganidan so‘ng singlewindow.uz elektron manzili orqali eksport qilishga ruxsatnoma olish to‘g‘risida murojaat qilinsa, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
