Asalarichilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-03-06 09:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarorining 3-ilovasida 2025-2026-yillarda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Respublikada 2026-yilda asalarichilik sohasini jadal rivojlantirish, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, davlat tomonidan imtiyozlar, eksport hajmlarini oshirishda tadbirkorlarni taklif va tavsiyalarini eshitish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admnistratsiyaning mas’ul xodimi, Qo‘mita raisning o‘rinbosari hamda tegishli vazirlik idoralarlar bilan hamkorlikda “Zoom platformasi” orqali ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda, viloyatlardagi asalarichilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 80 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda, asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarni bugungi kundagi ish faoliyati, ularni faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan muammolari o‘rganildi va ularni yechimlari bo‘yicha ochiq muloqot davomida atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, asalarichilik sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini bugungi kundagi mavjud muammolari Admnistratsiyaning mas’ul xodimi, Qo‘mita raisi o‘rinbosari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbar-xodimlari tomonidan atroflicha tinglanib, muammolarning yechimi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalari berildi, ba’zi bir masalalar qo‘mita o‘z vakolati doirasida joyida hal etish choralari ko‘rildi.



