MUAMMO ISHCHI GURUH TOMONIDAN O‘RGANILDI
2026-02-24 10:30:00 / Yangiliklar
Vetarinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy taromqlarda tarqalgan “Surxondaryo viloyatida yaylovlarni qayta taqsimlash jarayonida nohaqliklar kuzatilgani, unda qo‘mita tomonidan olib borilgan monitoring “haqiqiy chorvadorni ko‘chada qoldirib, soxta tadbirkorni yerli qilish” kompaniyasiga aylanib ketgan” ligi to‘g‘risidagi xabarlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan tadbirkorlarning zaruriy hujjatlari, shartnomalari, shuningdek kadastr ma’lumotnomalari bir-biriga mos kelmasligi, bundan tashqari talab qilingan hujjatlar va to‘lovlarda kamchiliklar ham uchraganligi ma’lum bo‘ldi.
Ishchi guruh tomonidan kamchilikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subektlariga tushuntirish va tavsiyalar berilib, shu paytga qadar yaylov yerlaridan o‘rnatilgan tartib asosida foydalanib kelayotgan fermerlar faoliyati namuna qilib ko‘rsatildi.
