“NAVOIY VA BOBUR – MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYATIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI” mavzusida ma’rifiy tadbir
2026-02-27 09:05:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

🗄Har yili Hazrati Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid tadbirlar mamlakatimizda baland ruhda nishonlanadi.
🗄 Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilmoqda.
🗄Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimida ham fevral oyi – “Adabiyot oyligi” deb e’lon qilingan bo‘lib, oylik doirasida “Adabiy gurunglar” mavzusida navoiyshunos olimlar, atoqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
🗄Xususan, bugun qo‘mitaning markaziy apparati xodimlariga “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗄Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining a’zolari, “Shuhrat” medali sohibasi Farog‘at Xudoyqulova, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, navoiyshunos olim, shoir Akrom Malik tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishdi.
🗄Tadbirda Hazrati Navoiy va Bobur ijodiga mansub g‘azal va misralar o‘qildi. Ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli savol va javoblar bilan tadbir yanada qiziqarli o‘tdi.









