Kosonsoyda veterinariya va chorvachilik sohasining dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-02-23 14:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda chorva mollari orasida uchraydigan o‘ta xavfli kasalliklarining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, yuqumli kasalliklar profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda barqaror veterinariya osoyishtaligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chorva hayvonlarini belgilangan reja asosida mavsumiy emlash, profilaktik tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.



