Xalqaro oʻquv-trening!
2026-02-18 10:25:00 / Yangiliklar

Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori o‘rinbosari, dotsent N.B.Ro‘ziqulov 2026-yilning 11-13-fevral kunlari Toshkent shahrida Jahon Bankining MUNIS loyihasi doirasida “Xalqaro standartlar asosida ilmiy loyihalarni boshqarish” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-treningda faol ishtirok etdi.
Trening xalqaro loyihalar boshqaruvi institutining (PMI) PMBOK metodologiyasi asosida xalqaro mutaxassislar jalb qilingan holda amalga oshirildi. Ushbu treningda xalqaro mutaxassis, Qozog‘iston Respublikasi Loyiha menejerlari ittifoqi (QRLMI) Trening markazi direktori Yesinjan Aida taqdimot qildi.
Trening jarayonida ishtirokchilar xalqaro ilmiy va innovatsion loyihalarni zamonaviy xalqaro talablar asosida rejalashtirish, moliyaviy boshqarish hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdilar.
Trening yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga xalqaro loyihalar boshqaruvi boʻyicha (PMI) PMBOK sertifikati berildi.




