NAVOIY — MANGULIK TIMSOLI
2026-02-19 10:50:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

✨ Buyuk mutafakkir, turkiy adabiyotning benazir namoyandasi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan SamDVMCHBUning Biotexnologiya va ekologiya fakulteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
📚 Tadbirni fakultetni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari SH.Azamatov ochib berdi.
Tadbir davomida fakultetning iqtidorli va iste’dodli talabalari tomonidan Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar, g‘azallar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Talabalar buyuk mutafakkirning chuqur ma’no va hikmatga boy g‘azallarini ifodali o‘qib, tomoshabinlarga ma’naviy zavq va ilhom ulashdilar. Har bir chiqish Navoiy merosining beqiyos qadri va manguligini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir yuksak ruh, adabiyotga bo‘lgan hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat muhitida tashkil etildi.








