Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni nishonlandi
2026-02-18 10:25:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

🔘11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Ilmli ayol -
barqaror jamiyat sari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔘Unda filialda faoliyat yuritayotgan olima ayollar, talaba-qizlar, shuningdek, magistrant va doktorantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ilm-fan sohasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
🔘Suhbatlar ochiq muloqot ruhida kechdi. Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Kamalova so‘zga chiqib, ilm-fan sohasida ayollarning o‘rni va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi:
“Bugungi kunda ilm-fan sohasida ayollarning hissasi beqiyos. Ular nafaqat amaliyotda, balki ilmiy tadqiqotlarda ham o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Biz yosh qizlarga ilmiy faoliyatga erkin kirish, o‘z orzulariga erishish uchun keng imkoniyat yaratishga intilamiz”.
🔘Tadbir jarayonida filialda faoliyat yuritayotgan olima ayollar hamda talaba-qizlar o‘rtasida ilmiy ishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, filialda ilm bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.




