🟢 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
2026-02-04 11:25:00 / Yangiliklar

✅ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida Qo‘mita raisi o‘rinbosari F. Boboyev boshchiligida Qo‘mita mutaxassislari hamda Koreya Respublikasining “PREBIO”, “K-Farm Solution”, “En Solution”, “Doo Hyun”, “Future & Environmental Energy” kompaniyalari menejerlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatida “Yashil makon” loyihasi doirasida aqlli chorvachilik infratuzilmasini joriy etish, shuningdek, tuproq unumdorligini yaxshilash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha muzokaralar olib borildi.
✅ Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
