AQSh bilan chorvachilik tarmog‘ida hamkorlik va savdo aloqalari mustahkamlanmoqda.
2026-02-03 10:50:00 / Yangiliklar

✅ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Boboyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tashqi aloqalar xizmati (FAS USDA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅ Uchrashuvda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksport va importini kengaytirish, shuningdek, naslchilik va genetika sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


