Pokistonga chorvachilik mahsulotlari eksporti kengaytiriladi
2026-01-30 10:05:00 / Yangiliklar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Akbarov boshchiligidagi Qo‘mita delegatsiyasi Pokistonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Qo‘mita vakillari va Pokiston milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vazirligi huzuridagi Pokiston Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari Kengashi raisi - mamlakat bosh veterinariya vrachi M.Andrabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar doirasida ikki davlat o‘rtasida veterinariya nazorati ostidagi tovarlar eksport va import munosabatlarini jadallashtirish, chorva naslchiligi, ilmiy tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlarida O‘zbekistondan Pokistonga asal, kolbasa va sut mahsulotlari, iste’mol tuhumi, inkubatsion tuhum va parranda go‘shti eksporti yuzasidan veterinariya sertifikatlari imzolandi.


